Messi erkin agentga aylandi. “Barsa” nega yangi shartnoma tuzolmadi?

  • 1 iyul, 2021, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 iyun kuni  Lionel Messining “Barselona” bilan shartnomasi rasman yakunlandi va argentinalik futbolchi erkin agentga aylandi.

Tecno

Tomonlar uzoq muddat davomida yangi bitim bo‘yicha muzokara olib bordi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra, hali yangi hamkorlik rasmiylashtirilgani yo‘q.

Klub prezidenti Joan Laporta Messi bilan bog‘liq vaziyatga quyidagicha izoh berdi.

- Biz Messining qolishini istaymiz, uning o‘zi ham “Barsa”da to‘p tepmoqchi. Lekin ayni paytda moliyaviy feyr-pley  borasida muammomiz bor. Hozir har ikki tomon uchun maqbul variant qidiryapmiz, - dedi Laporta.

Ma’lumki, moliyaviy feyr-pley qoidasiga ko‘ra, klubning futbolchilar maoshi uchun ajratgan mablag‘i daromadning 70 foizidan oshmasligi kerak. Agar “Barselona” Messi bilan yangi bitim imzolasa, klubning bu ko‘rsatkichi 110 foizga etadi va moliyaviy feyr-pley buzilgani bois  klubga sanktsiya qo‘llaniladi.

Avvalroq, agar Leo yangi shartnoma imzolasa, kataloniyaliklar maoshlar fondini  200 million evroga qisqartirish uchun barcha futbolchilarning maoshini kesishi mumkinligi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!