
Messi endi zaxirada o‘tiradi
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xerardo Martino keyingi o‘yinlarda Lionel Messi zaxirada o‘tirishi mumkinligini ta’kidladi.
- 45-50 kun davomida juda ko‘p o‘yin o‘tkazganimizni inobatga olish zarur. Lionel Messi va boshqa futbolchilarimizning ham jismoniy imkoniyati cheklangan va ular ana shu chegaraga etib qoldi.
Bugundan boshlab, biz keyingi uchta uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vaziyatni baholashni boshlaymiz, - dedi Xerardo Martino.
“Inter Mayami” navbatdagi uchrashuvini 27 avgust kuni “Nyu York Red Bulls” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar