Messi effekti! Adidas Messi tufayli muammolarga duch kelmoqda

  • 26 iyul, 2023, 20:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi transferidan so‘ng "Inter Mayami" futbolkalari sotuvi 25 barobarga oshdi. 

"Marca" nashrining xabar berishicha, Adidas Messining transferidan keyin "Inter Mayami" liboslariga bo‘lgan talabni qondirishda muammoga duch kelmoqda. Shunlay bo‘lsa-da, brend kerakli miqdorda futbolkalar ishlab chiqarishga harakat qiladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Messining ismi va raqami tushirilgan futbolkalar eng tez sotilib ketgan. Endi ular oktyabr oyida oldindan buyurtma qilingan holda sotiladi. 

Messi 21 iyul kuni "Inter Mayami" safida "Kruz Azul"ga qarshi o‘yinda debyut qildi va 94-daqiqada g‘alaba golini kiritdi. "Atlanta"ga qarshi bahsda argentinalik dubl muallifiga aylanshi, shuningdek, golli uzatma amalga oshirdi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!