
Messi dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchisiga aylandi, Ronalduchi?
Argentina terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchisiga aylandi.
2021 yil 1 maydan, 2022 yil 1 maygacha bo‘lgan muddatda Messi 130 million evro ishlab topgan. Bu summaning 75 million dollari Parij klubi safidagi maoshi hisoblansa, 55 million dollar reklamalar ortidan kelgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan "Leykers" klubi basketbolchisi Lebron Jeyms joy olgan bo‘lib, uning yillik daromadi 121,2 million dollarni tashkil qiladi.
Kuchli uchlikka esa Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakun yasagan. "Qizil iblislar" futbolchisining 1 yillik daromadi 115 million dollar ekanligi ko‘rsatilgan.
Forbes nashri talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilari (2021 yilning 1 mayidan, 2022 yilning 1 mayigacha):
1. Lionel Messi (futbol, PSJ) — 130 million dollar
2. Lebron Jeyms (basketbol, "Leykers") — 121,2 million dollar
3. Krishtianu Ronaldu (futbol, "Manchester Yunayted") — 115 million dollar
4. Neymar (futbol, PSJ) — 95 million dollar
5. Stefen Karri (basketbol, "Golden Steyt") — 92,8 million dollar
6. Kevin Dyurant (basketbol, "Bruklin") — 92,1 million dollar
7. Rojer Federer (tennis) — 90,7 million dollar
8. Saul Alvares (boks) — 90 million dollar
9. Tom Bredi (amerikancha futbol, "Tampa-Bey") — 83,9 million dollar
10. Yannis Adetokunbo (basketbol, "Miluoki") — 80,9 million dollar
Fikrlar