Messi dubl qayd etdi, lekin Ronalduga etishiga ancha bor...

  • 15 sentabr, 2024, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi uzoq davolanishlardan keyin yana maydonga qaytdi. Argentinalik yulduz gollari va assisti bilan “Inter Mayami” jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Aqsh chempionati – Major League Soccer musobaqasining navbatdagi turida mayamiliklar “Filadelfiya Yunion” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar ikkinchi daqiqadayoq to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, Lionel Messi to‘rt daqiqa ichida ikkita gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida argentinalik yulduz do‘sti Luis Suaresga golli pas uzatdi.

Shu tariqa, Messining professional faoliyatida rasmiy uchrashuvlar urgan gollari soni 840 taga etdi. Biroq Leo ashaddiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduga etib olishiga hali ancha bor. Chunki portugaliyalik to‘purar ham gollari sonini 900 tadan oshirib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!