Messi bugungi o‘yinda "Barsa"ga yordam berolmaydimi?

  • 13 yanvar, 2021, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sardori Lionel Messi katta ehtimol bilan bugun  “Real Sosedad”ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya Superkubogi yarim final bellashuvini o‘tkazib yuboradi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning ertalabki mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. U oyog‘ida og‘riq his qilmoqda. Messi ushbu jarohatni 9 yanvar kuni “Granada”ga qarshi o‘yinda ortirib olgan edi.

Afsuski, agar “Barsa” finalga chiqqan taqdirda ham, Messi finalda o‘ynamasligi mumkin.

«Real Sosedad» – «Barselona» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!