
Messi: "Bugun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik va undan zavq olishimiz kerak"
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Portu" ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng shunday dedi:
"Juda xursandman. Jamoa g‘alaba uchun katta mehnat qildi, biz juda yaxshi ish olib bordik. Nafaqat himoyada – birinchi taymda va ikkinchi golgacha to‘pni yaxshi nazorat qildik.
Baxtliman, chunki "Al-Ahli"ga qarshi birinchi o‘yindan so‘ng (0:0) hech kim xursand emasdi. Biz o‘sha o‘yinda ham g‘alaba qozona olamiz deb o‘ylagandik.
Bugun esa muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik va endi undan zavq olishimiz kera" – deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" guruhdagi so‘nggi uchrashuvini 24 iyun kuni soat 06:00 da "Palmeyras"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar