Messi bu futbolchi bilan birga o‘ynamoqchi edi

  • 29 iyun, 2022, 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”dagi faoliyatini yakunlab, “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan senegallik hujumchi Sadio Manening maslahatchisi Bakari Sisse jahon futboli yulduzi Lionel Messi bu futbolchi bilan birga o‘ynamoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.

Tecno

- O‘tgan mavsumda Sadio “Basrelona”ga o‘tish imkoniga ega bo‘lgandi. Messi kataloniyaliklar bilan o‘z shartnomasini muhokama qilish jarayonida Sadio Manening nomini tilga olgan. O‘shanda Leo jamoaga Maneni va Argentinadan yana bir markaziy himoyachini olib kelishni talab qilgandi, - deydi Bakari Sisse.

Mane Senegalning “Génération Foot” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik “Mets”, “Zaltsburg”, “Sautgempton” va “Liverpul”da to‘p tepdi.

30 yoshli hujumchi bundan buyon “Bavariya” sharafini himoya qiladi. U Bundesliga chempioni bilan uch yillik bitim tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!