
Messi bizda o‘ynaydi
“Barselona” rahbariyati ham, futbolchilar ham PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumni Kataloniyada boshlashiga ishonmoqda.
Argentinalik jahon chempioni yangi shartnoma borasida PSJ bilan kelisha olmayapti. Aniqrog‘i, parijliklar u so‘ragan maoshni bermaydigan bo‘ldi.
Messi yozda erkin agentga aylanadi. “Barselona”da o‘ynash uchun maoshini pasaytirilishiga rozi bo‘lishi aytilmoqda.
Xavi Ernandes sobiq jamoadoshiga tarkibdan joy ajratib qo‘ygani haqida ham xabarlar chiqmoqda. Klub rahbariyati esa, Messini olib kelishga to‘sqinlik qilayotgan moliyaviy holatni o‘nglash yo‘llarini qidiryapti.
Fikrlar