
Messi birga o‘ynashni yoqtirgan 10 nafar futbolchini tanladi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida o‘zi birga o‘ynagan eng yaxshi jamoadoshlari ro‘yxatini tuzdi.
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining ro‘yxatidan Xavi Ernandes, Neymar, Serxio Buskets, Luis Suares, Deku, Samuel Eto'O, Andres Inesta, David Vilya, Zlatan Ibrohimovich va Ronaldinyu joy oldi.
- “Barselona”da uzoq yillar to‘p tepganim uchun juda ko‘p zo‘r o‘yinchilar bilan birga o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman. Hozir esimga kelmagan yana ko‘p yaxshi o‘yinchilar bor. Ularning deryali hammasi bilan mazza qilib to‘p tepganman, - dedi Messi.
Messi braziliyalik Neymar bilan “Barselona”dan tashqari PSJda ham birga to‘p tepdi. O‘tgan yoz har ikki futbolchi Frantsiya poytaxtini tark etishiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, Messi “Barselona”gi sobiq jamoadoshlari Serxio Buskets va Luis Suares bilan birga bu yildan e’tiboran “Inter Mayami” sharafini himoya qiladi.
Fikrlar