
Messi Bellingemni emas, boshqa futbolchini tanladi
Taniqli Insayder Fabritsio Romano Lionel Messi yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovda Lionel Messi kimga ovoz berganini oshkor qildi.
So‘rovnomada 36 yoshli jahon chempioni birinchi o‘ringa “Bavariya” hujumkor futbolchisi Jamol Musialani loyiq ko‘rgan. Ikkinchi pog‘onaga “Barselona” yarim himoyachisi Pedrini joylashtirgan.
Messi o‘tgan mavsumni Dortmundning “Borussiya”sida o‘tkazganidan keyin yozda “Real”ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingemni kuchli uchlikka kiritdi.
Bu tanlov yakuniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini aynan Jud Bellingemga nasib qildi.
Fikrlar