
Messi "Barselona"ga yana bir muhim sovrinni sovg‘a qildi
Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini “Barselona” muzeyiga sovg‘a qildi.
Leo ushbu sovrinni o‘tgan yilning oktyabr oyida "Inter Mayami" futbolchisi sifatida qabul qilib olgan edi.
Jurnalist Mikel Blazkesning so‘zlariga ko‘ra, Messi mukofotni shu erda saqlanayotgan 7 ta “Oltin to‘p”iga qo‘shimcha ravishda “Barselona” muzeyiga topshirga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Messi 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan. 2016 yilda Kataloniya klubi muzeyida argentinalik hujumchiga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ochilgan.
Fikrlar