Messi “Barselona”ga qaytmoqchi. Lekin klub hali eshigini ochgani yo‘q

  • 10 mart, 2023, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga qarshi emas. Bu haqda taniqlik jurnalist Esteban Edul xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Messi oila va sportga bog‘liq sabablar bilan Parijda qolishi qiyin. Shu bois, argentinalik yulduz o‘zini tarbiyalagan “Barsa”ga qaytishni rejalashtiryapti.

Biroq, Kataloniya klubi rahbariyati sobiq etakchisini qaytarish uchun hech qanday tashabbusni amalga oshirgani yo‘q.

Parij klubining Chempionlar ligasidan erta chiqib ketgani ham Messining tanloviga ta’sir qilishi aytilmoqda. Parijliklar Evropaning eng nufuzli musobaqasida hech qachon bosh sovrinni qo‘lga kirita olmagan.

Lionel Messi uchun bu turnirda g‘alaba qozonish va sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lish asosiy maqsad hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!