Messi "Barselona"ga qaytadi, faqat...

  • 31 oktabr, 2023, 21:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Inter Mayami"da o‘ynayotgan Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Kataloniya klubida ishlashni istamoqda.

Tecno

"El Chiringuito" nashri xabariga ko‘ra, 36 yoshli argentinalik kelajakda "Barselona"ning yangi sport direktori bo‘lish istagini bildirgan. Shu bilan birga, manbaning qayd etishicha, agar Messiga Argentina terma jamoasining texnik direktori bo‘lish taklifi tushsa, u terma jamoa foydasiga ishlashni afzal ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi ovoz berishda “Manchester Siti” forvardi Erling Xoland va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirib, sakkizinchi “Oltin to‘p” sohibiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!