
Messi "Barselona"dan ketadimi? Ronaldo bu savolga javob berdi
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo argentinalik forvard Lionel Messining "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Jamoadagi muammolarni inobatga olgan taqdirda ham, uning “Barselona”ni tark etish ehtimoli juda kam. Messi – jamoa etakchisi. Men “Barsa”ning o‘rnida bo‘lganimda, har qanday sharoitda ham, uni qo‘yib yubormagan bo‘lardim.
Leoning klub bilan munosabatlari juda yaxshi va u bu boshqa jamoaga o‘tishni xohlaydi, deb o‘ylamayman”, - deydi Ronaldo.
33 yoshli Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yildan buyon asosiy tarkibda to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar