Messi "Barselona" taklifini rad etishi mumkin. Bunga kim sababchi?

  • 12 iyul, 17:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etishga majbur bo‘lgan edi. O‘sha paytda moliyaviy inqirozlar tufayli Kataloniya klubi argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qila olmagan.

O‘z ona jamoasidan ayrilish Messini chuqur ranjitdi - shu vaqtdan beri u "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan bir marta ham suhbatlashmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" Messini kelasi yozda yangilangan "Kamp Nou" stadionining rasmiy ochilishiga taklif etmoqchi.

Tecno

"Marca" nashrining xabar berishicha Leo uchun klub bilan munosib tarzda xayrlashishi uchun maxsus o‘yin tashkillashtirilishi mumkin. Biroq, hozircha Messi bunday taklifni olmagan. Bundan tashqari, sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibining Laporta bilan sovuq munosabatlari Leoni "Kamp Nou"ga tashrif buyurishga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!