Messi "Barsa"ga qaytmaydi! Chunki...

  • 21 dekabr, 2022, 20:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyatiga Lionel Messini “Kamp Nou”ga qaytarish juda qiyin bo‘ladi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Kataloniyaliklarning fikricha, argentinalik hujumchi endi o‘zini PSJda avvalgiga qaraganda ancha baxtli his qilmoqda, bu esa uni “Barsa”ga qaytarish qiyinroq bo‘lishini anglatadi.

Shuningdek, parijliklar Messi bilan joriy mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishmoqchi. 35 yoshli hujumchining o‘zi ham shoshmaydi, u kelajagi borasida qaror qabul qilishda oilaning fikrini inobatga olish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Messi PSJ safiga 2021 yilning yozida “Barselona”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!