Messi “Barsa”ga qaytmasligi sababi aniq bo‘ldi

  • 27 fevral, 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi tez orada “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar oqimi keyingi paytda juda ko‘payib ketgan edi.

Taniqli jurnalist Gilem Balage bu masalaga aniqlik kiritib, argentinalik yulduzning Kataloniyaga qaytishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidladi.

- Messi “Barselona”ga qaytmaydi. Chunki buning imkoni yo‘q. Klub prezidenti Joan Laporta o‘z lavozimida qolar ekan Messi Kataloniyaga kelmaydi. “Inter Mayami” nima qilib bo‘lsa ham, Leoni qolishga ko‘ndiradi, - deb yozdi Gilem Balage.

“Barselona” afsonasi darajasiga ko‘tarilgan Lionel Messi klubni 2021 yili tark etgan edi.37 yoshli futbolchi ketishga majbur bo‘lishida Laportani ayblaydi.

Messi keyingi ikki yilni PSJda o‘tkazganidan keyin 2023 yilning yozida “Inter Mayami” safiga qo‘shildi.

Leoning mayamiliklar bilan shartnomasi shu yilning oxirida tugaydi. Klub rahbariyati asosiy yulduzini qolishga ko‘ndirib, u bilan shartnomani rasmiy uzaytirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!