
Messi “Barsa”dagi do‘sti bilan umuman boshqa jamoaga o‘tadi
“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets va PSJ hujumchisi Lionel Messi 2023 yilning yozida “Inter Mayami” futbolchisiga aylanishi kutilmoqda, - deb yozdi Mundo Deportivo nashri.
Yoshi o‘tib qolayotgan Busketsga AQShning bir necha jamoalaridan taklif bo‘lmoqda. Lekin tajribali yarim himoyachi shartnomasining oxirigacha “Barselona” sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rdi.
Evropada porlagan yulduzlarni AQShga ko‘chirib o‘tkazishda etakchi bo‘lgan “Inter Mayami” bir mavsumdan so‘ng erkin agentga aylanadigan Buskets va Messini o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qilgan.
Messi va Buskets bir necha yil davomida "Barselona"da birga o‘ynagan.
Fikrlar