
Messi “Barsa” bo‘yicha bir qarorga keldi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi kelasi yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi, deb xabar tarqatmoqda Ispaniya nashrlari.
Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laportadan Lionel Messini ortga qaytarishni so‘raganidan keyin argentinalik yulduzda Kataloniyaga qaytib borish istagi kuchayib ketgan.
Aslida Messi doim “Barselona”da o‘ynash istagi borligini ta’kidlab kelayotgan edi.
Ayni paytda “Oltin to‘p”ning etti karra sohibi oldida ikkita variant turibdi. U parijliklar bilan shartnomasi yakunlanishi bilan AQSh chempionatiga yo‘l olishi kutilayotganedi. Endi Leoda Kataloniyaga qaytish imkoni ham tug‘ildi.
Fikrlar