
Messi AQSh televideniesida rekord o‘rnatdi
Etti karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining "Inter Mayami"dagi debyut o‘yini Amerika televideniesida rekord o‘rnatdi.
TyC Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Florida jamoasining Liga kubogi doirasidagi "Krus Asul"ga (2:1) qarshi o‘yinini 12,5 million kishi tomosha qilgan. Bu esa Amerika televideniesi tarixida eng ko‘p tomosha qilingan futbol o‘yini sifatida qayd etildi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘yin 2022 yilgi MBA finaliga qaraganda ko‘proq tomoshabin yig‘di. O‘shanda “Boston” va “Golden Steyt” o‘rtasidagi o‘yinni o‘rtacha 12,4 million tomoshabin televidenie qarshisida kuzatgan.
Umuman olganda, Amerika televideniesida eng ko‘p tomosha qilingan voqea 2023 yilgi Superkubokdir. “Kanzas-Siti” va “Filadelfiya” ishtirokidagi o‘yinning tomoshabinlari 115 million kishini tashkil qiladi.
Fikrlar