
Messi "Al-Hilol" rahbariyati bilan qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi
PSJ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining kelajagi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Jurnalist Rudi Galettining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berishicha, aprel oyi boshida argentinalik yulduz Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning “Al-Hilol” klubi rahbariyati bilan uchrashadi.
Messi yana bir futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning izidan borib, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida avvalroq yozgan edik.
Har holda Messi hozircha amaldagi klubi hisoblangan PSJ bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv bir necha oydan keyin, aniqrog‘i 2023 yilning o‘rtalarida tugaydi.
Shuningdek, 35 yoshli argentinalik futbolchi “Barselona”ga qaytishi ham mumkin. Ammo buning ehtimoli juda ham past. Chunki Kataloniya klubi moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgan.
Fikrlar