"Mersedes" poygachilari bilan yangi shartnoma imzoladi
"Mersedes"ning Formula-1 jamoasi poygachilar Jorj Rassell va Andrea Kimi Antonelli bilan kelasi mavsum uchun shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Ikkala poygachi ham "Mersedes" yoshlar dasturi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi: Rassell unga 2017 yilda, Antonelli esa 2019 yilda qo‘shilgan. Jorj avvalroq GP3 va Formula 2 chempionligini qo‘lga kiritgan va "Uilyams"dagi uch mavsumdan so‘ng "kulrang o‘qlar" safiga o‘tgan va u "qirollik poygalari"da beshta g‘alaba qozongan. Antonelli, o‘z navbatida, bir nechta seriyalarda chempion bo‘ldi, shuningdek, Formula-1'da debyut qilishdan oldin Formula-2'da bir nechta poygalarda g‘alaba qozondi.
Rassell hozirda umumiy poygachilar chempionligi jadvalida to‘rtinchi, Antonelli esa ettinchi o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar