Merab Dvalishvilining murabbiyi: “Merab revanshda Umar Nurmagomedovni yo‘q qiladi”
O‘ta engil vazn(61 kg)da UFC chempioni Merab Dvalishvilining murabbiyi Jon Vud shogirdining rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
“Menimcha, revanshda Merab Umarni yo‘q qiladi. Bu safar Nurmagomedovga juda qiyin bo‘ladi. O‘shanda Dvalishvili kasal va jarohat bilan oktagonga chiqib, baribir g‘alaba qozongandi. Revanshda esa biz finishni ko‘ramiz”, — dedi Vud "Submission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Nurmagomedov o‘rtasidagi to‘qnashuv "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda gruziyalik hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchgandi.



Fikrlar