Meni “Real”ga chaqirish bilan chalg‘itmanglar!

  • 30 sentabr, 2023, 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishi kutilmoqda. Italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasidan taklif olgan.

Tecno

Madridliklar hozirdan jamoaga qaysi mutaxassisni olib kelish haqida bosh qotirmoqda. Aksariyat manbalar bosh murabbiy lavozimini “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonso egallashini ta’kidlayapti.

Ispaniyalik mutaxassis bu ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

- Madridga ketishim haqida gapirishga hali juda erta. Men bor e’tiborimni hozirgi jamoamga qaratishim kerak. Biz mavsumni yaxsht boshladik. O‘yinchilar ham diqqatini faqat “Bayer”g a qaratishi lozim. Bu masalada men ularga birinchi o‘rnak bo‘lishim shart, - dedi Xabi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!