Meni “Barsa”ga qo‘yib yuboring!

  • 9 may, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Lids” futbolchisi Rafinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

25 yoshli hujumkor o‘yinchining o‘zi ham Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas, deb xabar bermoqda Goal nashri. Ma’lumotlarga qaraganda, Rafinyaning o‘zi “Lids” rahbariyatiga murojaat qilib, uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ramoqchi.

Braziliyalik charm to‘p ustasi joriy mavsumda 32 marotaba maydonga tushib, raqiblar jdarvozasini o‘n marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Rafinyaning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Uni olish uchun kataloniyaliklar 45 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!