Meni “Barsa”ga qaytaringlar!

  • 25 dekabr, 2024, 13:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasida o‘ynayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu “Barselona” qaytishni istayapti.

Tecno

Bu haqda Diario Sport xabar tarqatdi.

30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Barselona”da o‘ynagan edi. Kataloniyaliklar uning ijarasini cho‘zishga urinib ko‘rdi. Biroq futbolchining transfer huquqiga egalik qiluvchi “Chelsi”ni “Barsa”ning taklifi qoniqtirmadi.

Natijada “aristokratlar” yozda Kanseluni “Al-Hilol”ga 25 million evro evaziga transfer qilib yubordi.

Kaselu “Al-Hilol”ga kelganidan beri 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol va sakizta assist muallifi ham bo‘ldi. Uning shayxlar bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!