Men “Roma”ga o‘tmayman!

  • 19 noyabr, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yanvar oyida “Barselona”dan Ektor Belerinni olmoqchi edi.

Rim klubi mutasaddilari ispaniyalik futbolchini so‘rab, Kataloniya klubi xo‘jayinlariga murojaat ham qildi.

Angliyaning besoccer.com portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Belerin Rimga borishdan bosh tortgan. Futbolchi mavsumni “Barselona”da yakunlab, yozda kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelmoqchiligini bildirgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Belerin “Betis”ga qaytishga moyillik bildiryapti. U o‘tgan mavsumda ijara asosida shu klub sharafini himoya qilgandi.

“Barselona”da tarbiyalangan himoyachi uzoq yillar davomida “Arsenal” sharafini himoya qilgan va joriy mavsumda erkin agent sifatida Kataloniyaga qaytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!