Men “Real”dan taklif kutyapman!

  • 14 oktabr, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gexi Evropaning bir necha grand klublari nishonida turibdi. Ayniqsa, mahoratli o‘yinchining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyun kuni yakunlanishi bois, uni erkin agent maqomida bepul o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan klublar ko‘paymoqda.

Tecno

Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 25 yoshli himoyachiga “top-5” ligadan uchtasining  chempionlari – La Ligadan “Barselona”, Bundesligadan “Bavariya” va Angliya Premer-ligasidan “Liverpul” asosiy da’vogar hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mark Gexining o‘zi bu qiziqishlardan xabardor. Biroq u orzusidagi klub – “Real Madrid”dan chorlov bo‘lishini kutmoqda. Agar “Qirollik klubi” tez orada bu o‘yinchi masalasida “Kristal Pelas”ga aloqaga chiqmasa, Gexi boshqa klublardan birini tanlaydi.

Mark Gexi aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “aristokratlar” asosiy tarkibiga kira olmagach, klub bu himoyachini 2021 yilning yozida “Kristal Pelas”ga 23,3 million evroga sotib yuborgan. Bugungi kunda Gexi Transfermarkt tomonidan 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!