
Men endi terma uchun o‘ynamayman!
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasi Evropa chempionatini erta tark etganidan keyin mamlakat bosh jamoasida boshqa to‘p tepmaslikka qaror qildi.
Angliyaga 0:2 hisobida boy berilgan o‘yinda to‘liq ishtirok etgan futbolchi bor e’tiborini klub miqyosidagi faoliyatga qaratishini ma’lum qildi.
31 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasida 2010 yildan beri o‘ynayotgan edi. Kroos terma jamoa safida 2010 yili jahon chempionati bronza medal sovrindori bo‘ldi, to‘rt yildan keyin mundialda g‘olib chiqdi. Tajribali yarim himoyachi 2012 va 2016 yillarda Evropa chempionatlarida ikki bor uchinchi o‘rinni egallagan.
Toni Kroos tez orada xalqaro faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar