Men dahshatli maosh so‘raganim yo‘q!

  • 13 yanvar, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Mett Lou  “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Meyson Maunt klub bilan yangi shartnoma tuzish uchun katta maosh so‘ragani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Tecno

Avvalroq, “Chelsi” etakchilaridan biri hamkorlikni uzaytirish uchun haftasiga 340 ming evrodan maosh talab qilayotgani haqida ma’lumotlar chiqqan edi.

Ayni paytda Maunt va klub o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida yakunlanadi. “Chelsi” hamkorlikni hozirdan uzaytirishga shoshilyapti.

Mayson Maunt 2019 yildan beri asosiy tarkib a’zosi hisoblanadi. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!