Men “Chelsi”ni boshqarmayman!

  • 22 aprel, 2023, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozda bosh murabbiylikka olib kelmoqchi bo‘lgan nomzodlar orasida “Bavariya”dan iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann ham bor edi.

Tecno

Biroq, taniqliu jurnalist Fabritsio Romano 35 yoshli germaniyalik mutaxassis “aristokratlar”ni boshqarish variantidan voz kechgan. Bu Nagelmanning yakuniy qarori ekani aytilmoqda.

Nagelmann “Bavariya” bosh murabbiyligidan 24 mart kuni iste’foga chiqarilgan edi. Oradan bir hafta o‘tib, “Chelsi” Grem Potterni ishdan oldi. O‘shandan beri Yulian London jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinayotgan edi.

“Chelsi” rahbariyati mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasiga Frenk Lempardni olib kelgan. Biroq yosh mutaxassis vaziyatni o‘nglay olgani yo‘q. Yozda uning o‘rniga tajribali mutaxassis taklif etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!