Men bu hujumchidan qo‘rqaman!

  • 12 mart, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” darvozasini qo‘riqlayotgan Aaron Remsdeyl faoliyati davomida o‘zi duch kelgan eng xavfli hujumchi kimligini aytdi.

Tecno

Tajribali darvozabon “Lester” hujumchisi Jeymi Vardiga qarshi o‘ynashni yoqtirmaydi. Uning aytishicha, “tulkilar” to‘purari maydonda to‘xtovsiz yuguradi va ko‘p gol ura oladi.

Remsdeyl Vardi bilan bir jamoada o‘ynashni orzu qilishini alohida ta’kidladi. Chunki Vardi o‘ziga qarshi o‘yinda uning darvozasini muntazam ishg‘ol qilib keladi.

Jeymi Vardi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 18 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol va ikkita assis yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!