Men bilan o‘ynaganlar orasida eng zo‘ri baribir Ronaldu!

  • 17 mart, 2023, 16:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” pleymeykeri Luka Modrich o‘zi bilan bir jamoada o‘ynagan o‘yinchilar orasida eng kuchlisi kim ekanini aytdi.

Tecno

- Men bilan bir jamoada o‘ynagan eng zo‘r futbolchi kim? Albatta, Krishtianu Ronaldu. Uning mehnatga bo‘lgan munosabati meni hayratga solgan. U har doim ko‘prog‘ini istaydi.

Krishtianu qo‘lida bor narsa bilan qoniqib qolmaydi. Bu ajoyib odat. Uning o‘ziga va jamoaga qo‘yadigan talablari odamni hayron qoldiradi, - dedi Luka Modrich.

Luka Modrich  va Krishtianu Ronaldu 2012-2018 yillar davomida “Real”da birga to‘p tepgan. Xorvatiyalik yarim himoyachi hamon Madridda o‘ynayapti. Ronaldu “Qirollik klubi”dan ketib, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” sharafini himoya qildi va ayni paytda “An-Nasr” futbllchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!