
Men “Barsa”da o‘ynashni orzu qilaman!
Shveytsarining “Tsyurix” klubi hujumchisi Vilfrid Nonto jurnalistlar bilan suhbatda “Barselona”da o‘ynashni orzu qilishini aytdi.
18 yoshli futbolchi yaqinda Millatlar ligasida ishtirok etish uchun Italiya milliy terma jamoasiga jalb qilinganidan keyin ko‘pchilik e’tiboriga tushgan edi.
- Orzum – “Barselona”da o‘ynash. Messi hozir PSJda o‘ynayotganiga qaramay, mening kumirim hisoblanadi, - dedi Vilfrid Nonto.
Nonto aslida “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh iste’dod egasi 2020 yili milanliklar safini tark etib, “Tsyurix”dan qo‘nim topdi.
Bu o‘yinchi shu kunga qadar turli musobaqalarda 104 marotaba maydonga tushib, 28 ta gol va 16 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar