“Men baribir “Chelsi”dan ketmayman!”
“Chelsi”ning zaxira darvozaboniga aylanib qolgan Kepa Arrisabalaga klubni takr etmasligini ma’lum qildi.
+ Men “Chelsi”da baxtliman. Uch oy muqaddam o‘yin amaliyoti borasida ahvol ancha og‘ir edi. Futboldan tashqarida ham, mavjud muammolarga qaramay, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Men “Chelsi”dan ketish haqida o‘ylayotganim yo‘q, - dedi Kepa.
26 yoshli ispaniyalik darvozabon qo‘pol xatolari tufayli asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. “Chelsi” uning o‘rniga Frantsiya chempionatidan Eduar Mendini olib keldi. Kepaning londonliklar bilan bitimi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etadi.



Fikrlar