PSJ yulduzi birinchi taklifni rad etdi

  • 5 iyul, 2022, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan ketishi kerakligini aytilgan Mauro Ikardiga Angliya premer-ligasi vakili “Vulverxempton”dan taklif bo‘ldi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, argentinalik hujumchi bu taklifni qabul qilmadi va angliyaliklarga rad javobini berdi.

Mauro Ikardi anchadan beri PSJ asosiy tarkibiga kira olmayapti. Klub rahbariyati ham katta maosh olayotgan bu o‘yinchidan tezroq qutilmoqchi.

Ikardiga Italiya chempionatining bir necha klublari ham shartnoma berishga tayyorligi aytilmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!