Meksika sardori terma jamoadan ketdi

  • 21 dekabr, 2022, 16:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori Andres Guardado terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, deb xabar berdi "AS" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi o‘z qarori haqda Meksika futbol federatsiyasi (MFF) rahbari Jon de Luizani allaqachon xabardor qilgan. Uning aytishicha, Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati u uchun termadagi oxirgi musobaqa bo‘lgan.

Mazkur turnirda Meksika Argentina, Polsha va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan "S" guruhida o‘ynadi va uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Guardadao 2005 yildan beri terma jamoada o‘ynab kelmoqda. Terma jamoa tarkibida yarim himoyachi beshta mundialda ishtirok etgan, uch marotaba CONCACAF musobaqasida g‘alaba qozongan (2011, 2015, 2019) va 2007 yilda Amerika kubogining bronza medali sovrindori bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!