
Medal jamg‘arish mana shunday bo‘ladi! (foto)
Tailandning Bankok shahrida kikboksing bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining 18 dekabr kungi bahslarida o‘zbekistonlik kikboksingchilar yana 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda barcha raqiblarini enggan Abdumurotov Davlatbek, Kosolapov Sergey, Mahmudov Nazarbek, Baratov Hasanxon, Azimov Murodbek va Baratov Husanxon shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Umumiy hisobda, Tailanddagi Osiyo chempionatida 22 nafar hamyurtimiz 27 ta yo‘nalishda mamlakatimiz sharafini himoya qildi.
Chempionat sarhisobiga ko‘ra, sportchilarimiz jami 24 ta medalga ega chiqdi. Ulardan 1o‘ntasi oltin, to‘qqiztasi kumush va beshtasi bronza medal bo‘ldi.
Bundan tashqari, sportchilarimizning 6 nafari jang san’atlari bo‘yicha jahon o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi yo‘llanmasi uchun belgilangan vazn toifalarida kurash olib bordi.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda uch nafar kikboksingchi – Istamov Zarifjon, Kosolapov Sergey va Chorieva Malika jang sant’atlari bo‘yicha jahon o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bu musobaqa kelasi yili Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi.
Fikrlar