
MDH o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Qozon shahrida bir necha kuni davom etgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Mazkur ilk bora tashkil qilingan musobaqada sportchilarimiz munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi jami 91 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ya’ni, 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medaliga ega chiqib, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 9 mamlakat ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rin mezbon Rossiyaga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Qozog‘iston vakillariga nasib qildi.
Fikrlar