MDH o‘yinlari. Bugun dzyudo bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun dzyudo bo‘yicha aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 1/4 finalda belaruslik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqishadi.
Aralash jamoaviy bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 11:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.




Fikrlar