Mbappening qilig‘i yoqmayapti

  • 4 aprel, 2021, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi avlod hujumchisi Kilian Mbappe  jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Frantsiyalik to‘purar kelajagi borasida bir qarorga kela olmayotgan PSJ rahbariyatini xavotirga solmoqda. Klub xo‘jayinlari uning talablari inobatga olingan shartnoma taklif qilganiga qaramay. Kilian uni imzolagani yo‘q.

Tecno

Mbappening bu qilig‘i klub sport direktori Leonardoni g‘azablantirmoqda. Klub Mbappega shart qo‘ydi. Agar futbolchi shu yilning 1 iyuniga qadar yangi bitimni imzolamasa, yozda transferga qo‘yiladi.

Aslida PSJ Mbappening transferidan 200 million evro daromad qilishni rejalashtirgan edi. Biroq, uning shartnomasi kelasi yili yozda tugayotganini inobatga olgan rahbarlar hujumchini 120-150 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Mbappe joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga oltita golli pas berdi.

22 yoshli hujumchiga “Real”, “Liverpul” va “Manchester Siti” xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!