
Mbappening aytgani bo‘lmadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubning yozdagi transfer siyosatidan norozi ekanini ochiq ayta boshladi.
23 yoshli to‘purar klub mutasaddilari uning yonida o‘ynaydigan hujumchi sotib olmaganidan g‘azabga kelgan.
Mbappe parijliklar bilan shartnoma imzolayotganida unga moliyaviy feyr-pleyni buzmagan holda “9-raqam” pozitsiyada o‘ynaydigan hujumchi olib kelishga va’da berishgan. Mbappe o‘z yonida Robert Levandovski, Markus Reshford, Usmon Dembele yoki Janluka Skamakkani ko‘rmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Keyingi paytda Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni bartaraf etish qiyin bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar