Mbappening alkogolga “o‘tirib” qoldi!

  • 16 oktabr, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tganidan beri turli ko‘ngilsizliklarga duch kelmoqda.

Tecno

Taniqli jurnalist Romen Molina o‘z ijtimoiy sahifalari orqali 25 yoshli futbolchi jiddiy muammoga duchor bo‘lganini ma’lum qildi. Manbaning aytishicha, Kilian Mbappening ruhiy holatida muammolar bor va u alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga ruju qo‘ygan.

Kilian Mbappe yaqinda bor e’tiborini klubiga qaratishini va Frantsiya milliy terma jamoasi safida muhim uchrashuvlardagina maydonga tushishini ma’lum qilgan edi.

Ilgari Frantsiya chempionatida “Monako” va “Pari Sen-Jermen” jamoalarida to‘p tepgan hujumchi yozda “Real”ga ko‘chib o‘tdi. Madridliklar safida barcha turnirlarda 11 ta uchrashuv qatnashib, o‘z hisobiga ettita gol va bitta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!