Mbappeni olmaymiz!

  • 8 dekabr, 2022, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati kelasi yoz Kilian Mbappe transferi bo‘yicha ish olib bormaslikka qaror qildi.

Tecno

Yaqinda PSJ rahbariyati keyinchalik Mbappening narxi pasayib ketmasidan avval, uni yozda sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatilgandi.

Xaridorlar orasida “Qirollik klubi” nomi ham zikr etilgan. Lekin madridliklar klubning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish maqsadida qimmat transferlarni amalga oshirmaslikka qaror qilgani aytilmoqda.

Mbappe yangi shartnoma bo‘yicha PSJ sharafini 2025 yilning yozigacha himoya qilishi lozim. 23 yoshli hujumchi 160 million evroga bag‘olanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!