Mbappega o‘rinbosar topildi

  • 8 sentabr, 2023, 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe kelasi yozda PSJni tark etadi, chunki uning amaldagi shartnomasi muddati tugaydi. "TodoFichaes" nashri xabariga ko‘ra, Mbappe ketsa, Liga 1 grandi Frantsiya terma jamoasining yana bir yulduz futbolchisi - Antuan Grizmanni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini sarflaydi. Manbaga ko‘ra, aynan Grizmann PSJda Mbappe o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Tecno

O‘tgan yozda PSJ Grizmann bilan bog‘langan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Parij grandi chempioni frantsiyalik futbolchining maoshi juda katta bo‘lgani uchun undan voz kechgandi. 32 yoshli futbolchining o‘zi "Atletiko"da qolish va klubning gollar rekordini yangilash istagi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, nufuzli "Transfermarkt " portali Antuan Grizmanni 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!