Mbappega kutilmagan xaridor chiqdi. Transfer yanvarga belgilangan!

  • 28 dekabr, 2023, 22:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manchester Evening News nashrining ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” boshqaruviga milliardar Em Retkliffning qo‘shilishi klubning transfer siyosatini o‘zgartirib yubordi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar qishki transferlar vaqtida Kilian Mbappe transferini amalga oshirishga urinib ko‘radi. Frantsiyalik hujumchi PSJ bilan mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirgani yo‘q va bu boshqa klublarga yanvardan boshlab, 25 yoshli forvard bilan muzokara o‘tkazish huquqini beradi.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yana ikki transfer bo‘yicha ish boshlashi kutilyapti. Bular “Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabo va “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida asosan yozda shartnomasi tugaydigan futbolchilarni nishonga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!