
Mbappedan dubl, Messidan esa ikki assist. PSJ o‘z maydonida ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionati 26-turidan o‘rin olgan PSJ - "Sent-Eten" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda parijliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Parijliklar safida Mbappe dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Danilo ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar futbolchisi Buanga jamoasining yagona golini urdi. Qayd etish lozim, Kilianning ikki goliga Messi assist vazifasini bajardi.
62 ochkosi bor PSJ ayni vaqtda Frantsiya chempionati peshqadami hisoblanadi. 22 ochkoga ega "Sent-Eten" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar