Mbappe yangi asr rekordini o‘rnatdi

  • 12 may, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqib – “Real” ustidan 4:3 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Aslida bu bahsda raqib hujumchisi Kilian Mbappe mezbonlar darvozasini besh bor ishg‘ol qilgandi. Lekin frantsiyalik to‘purarning ikkita goli offsayd tufayli inobatga olinmadi.

Shunga qaramay, Mbappening xet-trigi unga yangi asr rekordini olib keldi. Kilian XXI asrda “el klasiko”larda kataloniyaliklar darvozasini uch bor ishg‘ol qilgan “Real”ning birinchi futbolchisi bo‘ldi.

Mbappegacha bu ishni chililik forvard Ivan Samarano uddalagan bo‘lib, u o‘tgan asrda – 1995  yili yanvardagi “el klasiko”da “Barsa” darvozini uch bor aniq nishonga olgan.

“Barselona” fubolchilari bu borada ancha samarali hisoblanadi. Hozirgi asrdagi “el klasiko”larda Lionel Messi ikki marta va Luis Suares bir bor xet-trik qayd etgan. Ayni paytda bu ikki yulduz AQShning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!