Mbappe Vinisiusga munosabati qanday ekanini ochiq aytdi

  • 25 noyabr, 2024, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 14-turida “Real” safar uchrashuvida “Leganes” ustidan 0:3 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvda hisobni Kilian Mbappe ochdi. Unga golli pasni Vinisius Junior uzatdi. Bellashuvdan keyin frantsiyalik yulduz o‘z o‘yini va Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

- Men boshqa pozitsiyada o‘ynaganimda ham jamoadosh do‘stlarim bilan yaxshi munosabatda bo‘ldim. Bu erga kelgan birinchi kunimda aytganimdek, men turli pozitsiyalarda – chap va o‘ng qanot, hujum markazida o‘ynay olaman va jamoa uchun borimni beraman.

Yaxshi o‘ynab, ko‘proq gol urishni istayman. “Kastilya”dagi yigitlar bilan shug‘ullanish foydamga ishladi. Bu o‘yinda bilindi. Jismonan o‘zimni juda yaxshi his qila boshladim.

“Real”ning barcha o‘yinchilari kabi Vinisius Junior bilan munosabatlarim juda yaxshi. Biz o‘yinlarda  birga o‘ynashga va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga tayyormiz, - dedi Kilian Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!